Xizmatlarni ulashHamkor bo'lish
Biznes
2025-02-10

Muvaffaqiyat uchun vositalar va boshqalar haqida

Zamonaviy biznes uchun tezkor yechimlar va moslashuvchanlik kerak. To‘lovlarni tezda qabul qilish, moliyani boshqarishning qulayligi, mijozlarga moslashuvchan sharoitlarni taklif qilish sizning kompaniyangiz muvaffaqiyati va obro‘yiga ta’sir qiladi.

Alphacon tadbirkorlarga biznesni samarali olib borishda bepul yechimlarni tadbiq etishga yordam beradi. Xizmatlar integratsiyasini, asboblarni sozlashni va har bir bosqichda qo‘llab-quvvatlashni biz o‘z zimmamizga olamiz.

Bir uchrashuvning o‘zida quyidagilarni bajaramiz:

Sizning oldingizga boramiz va barcha tanlangan xizmatlar uchun hujjatlarni yig‘amiz.

Biznes uchun kerak bo‘lgan xizmatlar:kassa bilan bog‘liq hisob-kitob xizmatlari, terminallarni ulash, QR-kodli to‘lov, bo‘lib to‘lash(rassrochka), ekvayring(to‘lovlarni naqdsiz amalga oshirishning turi) va boshqalar.

Yetkazib berishni sozlab beramiz va marketpleyslarga chiqishga yordam beramiz.

E-commerceni integratsiyalaymiz va sotuvni avtomatlashtirishga yordam beramiz.

Moliyaviy jarayonlarni va bank amaliyotlarini yengillashtiramiz.

Mijozlarni jalb qilish uchun marketing vositalari(dizayn, reklama, event-marketing(uchrashuvlar tashkil etish),smm)ni amalga oshiramiz.

Tasavvur qiling:

Texnikalar bilan savdo qiladigan magazin ko‘p mijozlarni istaydi, ularga tezroq xizmat ko‘rsatishni va o‘rtacha chekni oshirishni. Biz nimani taklif qilgan bo‘lardik?

QR-kodli to‘lovni ulashni

Mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tezlashtirish uchun QR-kodlardan foydalaning. Sotib oluvchilar kodni skanerlaydilar va bir necha soniyalar ichida to‘laydilar. Sizga ko‘proq mijozlar kelishi uchun reklamani ilovaga joylashtiring.

Bo‘lib to‘lash(rassrochka) xizmatini ulash

Qimmat telefon– muammo emas. Mijozlar uchun bo‘lib to‘lashni ulang va ularga bo‘lib to‘lashni taklif qiling. Siz to‘lov xizmatidan pulni birdaniga olasiz, sotib oluvchilar esa tovarni tez va ortiqcha to‘lovlarsiz oladilar.

E-commercega o‘ting

Onlayn tijoratga o‘ting va 24/7 sotish bilan shug‘ullaning. E-commerce to‘lovlarni avtomatlashtirishga va mamlakatning istalgan nuqtasidan buyurtma berish imkonini yaratadi. Sizning magaziningiz har doim va har yerda mijozlar uchun mavjud.

Ushbu uchta harakatni siz tez, bepul, ulashda byurokratiyaliksiz va kechiktirishlarsiz Alphacon orqali ulang- va bu imkoniyatlarning bir qismi xolos. Har bir asbob haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling va o‘z biznesingiz uchun qaror qabul qiling.

Arizangizni qoldiring– biz bugunoq sizning biznesingizni yaxshilashni boshlaymiz.

Ariza qoldiring

Alphacon Сopyright © 2024 - 2025